• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-12-05

“Biz barchamiz iste’molchimiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o'tkazildi

Mirishkor tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi va unga qarashli tibbiyot muassasalari xodimlari ishtirokida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbir ishtirokchilariga tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan bugungi kunda iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarning hal qilinishi, amaldagi qonun hujjatlari, shuningdek, tovar sotib olayotganda e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlar va bu borada O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tizimidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va ixtiyoriy ravishda federatsiya a’zoligiga qabul qilinishi haqida kelishib olindi. Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo'yicha “tayanch guruhi” faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.