• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2025-01-21

Kengash yig'ilishida yillik natijalar sarhisob qilindi

O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. 
Yig'ilishda hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan  2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlari tanqidiy-tahliliy muhokama etildi. Shuningdek, 2025 yilda amalga oshiriladigan faoliyatning asosiy yo'nalishlari belgilab olindi. 
Qayd etish joizki, viloyat bo'yicha o'tgan yilda  iste'molchilardan jami   1158 ta murojaat qabul qilinib, tegishli tartibda o'rganib chiqilgan. Murojaatlarning  848 tasi yozma,  283 tasi og'zaki, 27 tasi elektron shaklda bo'lib, 370 tasi   savdo, 164 tasi gaz ta'minoti, 147 tasi elektr energiyasi ta'minoti, 97 tasi suv ta'minoti, 113 tasi kommunal soha, 12 tasi sog'liqni saqlash sohasi, 28 tasi xizmat ko'rsatish (servis) sohasi, 15 tasi transport sohasi,  9 tasi aloqava internet sohasi va 171 tasi boshqa sohalarga oiddir.
Kelib tushgan murojaatlar o'rganilishi natijasida iste'molchilar manfaatlariga yetkazilgan jami  2 705 612 300  so'm moddiy va ma'naviy zararlar qayta hisob-kitob qilinishi va undirib berilishi ta'minlangan. 
Shuningdek, o’tgan yil davomida 17 ta murojaat yuzasidan iste'molchilarga yetkazilgan zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga da'vo arizalari kiritilib, iste'molchilar manfaatlariga yetkazilgan   1 247 036 649  so'm zararlar sud qarorlari orqali undirilgan. 
Yig'ilishda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi qonunchilik ijrosini ta'minlash maqsadida qilinayotgan ishlar ko'lamini yanada oshirish bo'yicha tuman (shahar) jamiyatlari mas'ullariga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.