• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-06-26

Muzlatgich bepul ta'mirlab berildi

Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro Q.J. tumandagi “Ishonch” savdo doʻkonidan muddatli toʻlov asosida 13 million soʻmga LG rusumli muzlatgich xarid qiladi. Iste'molchi mazkur muzlatgichdan bir necha oy foydalangach, unda nosozliklar kuzatiladi. Bu haqda savdo doʻkoni mas'ullariga murojaat etgan fuqaroga servis xizmatlari pullik tartibda amalga oshirilishi ma'lum qilinadi va undan 1 million 800 ming soʻm toʻlovni amalga oshirish talab etiladi.

 

Ushbu holatdan norozi boʻlgan fuqaro Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasining ishonch telefoni orqali murojaat etadi.

Murojaatni oʻrganish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq sotuvchi va ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi va muzlatgich bepul ta'mirlab  berilishi ta'minlandi.