• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-08-30

“Tashabbusli budjet” loyihalari ustidan jamoatchilik monitoringlari oʻtkazilmoqda

“Tashabbusli budjet” loyihalari ustidan jamoatchilik monitoringlari oʻtkazilmoqda

 

Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi Nishon tumani jamiyati tomonidan tumanda “Tashabbusli budjet”ning birinchi mavsumida gʻolib deb topilgan jami 11 ta loyihaning  sifatli amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida jamoatchilik monitoringlari oʻtkazilmoqda. Jamoatchilik monitoringlari xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondining moliyaviy koʻmagida mahalla raislari boshchiligidagi “mahalla nazorati” guruhi a'zolari va faol fuqarolarni jalb etgan holda amalga oshirilmoqda.

Xususan, mana shunday jamoatchilik monitoringi tumanning “Paxtaobod” mahallasida olib borildi. Qayd etish joizki, mahallada “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida jami 3110 metr ichki yoʻllarni asfaltlashtirish rejalashtirilgan. Monitoring jarayonida ichki yoʻllarning tekislanishi va shagʻal qatlami yotqizilishi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda aholi e'tirozlariga sabab boʻlayotgan holatlar oʻrganilib, pudratchi tashkilotga amalga oshirilgan qurilish ishlarida yoʻl qoʻyilgan kamchilik va qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish choralarini koʻrish, qurilish ishlarini bajarishda loyiha va boshqa me'yoriy hujjatlar talablariga qat'iy rioya etilishi hamda mahalla aholisiga loyiha qiymati va uning bajarilishi muddatlari toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov yuborildi. Soʻrovga muvofiq aniqlangan kamchiliklar pudratchi tashkilot tomonidan toʻliq bartaraf etilishi ta'minlandi.

Ma'lumot uchun, tumanda “Tashabbusli byudjet”ning birinchi mavsumi doirasida jami 17,3 km. ichki yoʻllarni ta'mirlash va asfaltlashtirish,  15 km. ichki yoʻllarni shagʻallashtirish va umumta'lim maktablarini ta'mirlash, yoʻlaklar va yordamchi binolar qurish ishlari amalga oshiriladi. Mazkur loyihalarning sifatli bajarilishi doimiy jamoatchilik nazoratiga olinadi.

 

Loyiha xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondining davlat granti mablagʻlari hisobiga amalga oshirilmoqda.