• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-04-15

7,7 million soʻmlik skuterning kamchiliklari bepul bartaraf etildi

Koson tumani “Nartichuqur” mahallasida yashovchi fuqaro Sh.I.  tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, “Imkon” savdo majmuasidan kredit asosida oyma-oy toʻlab borish sharti bilan 7 million 698 ming soʻmga skuter xarid qilganligi, biroq sotuvchi tomonidan mahsulotni sotish jarayonida uning old qanot va boshqa qismlari berilmaganligini ma'lum qilgan.

Murojaatni oʻrganish jarayonida, sotuvchi tomonidan xaridorga skuterning qismlari keyinroq etkazib berilishi ma'lum qilingan boʻlsada, biroq oradan bir oydan ortiq vaqt oʻtganligiga qaramasdan ushbu qismlar etkazib berilmaganligi aniqlandi.

Amaldagi iste'molchimlar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik va “Chakana savdo qoidalari” talablariga muvofiq skuterdagi shu va boshqa kamchiliklar bepul bartaraf etilishi ta'minlandi.