• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-08-30

2,4 million soʻm pul mablagʻi iste'molchiga qaytarildi

Koʻkdala tumani Shoʻrbozor mahallasida yashovchi fuqaro S.T. tuman markazidagi bozorda savdo faoliyatini olib boruvchi shaxsdan 2 million 400 ming soʻmga “Redmi” rusumli uyali aloqa vositasini sotib oladi. Ushbu telefon apparatidan biroz muddat foydalangach, unda nosozliklar kuzatiladi. Iste'molchining nosoz mahsulotni sotib olish uchun toʻlangan pul mablagʻini qaytarish haqidagi talablari sotuvchi tomonidan e'tiborsiz qoldiriladi.

Fuqaroning shu haqda Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi Koʻkdala tumani jamiyatiga qilgan murojaati tegishli tartibda oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida bozorda savdo faoliyatini amalga oshirgan fuqaro tomonidan sotilgan uyali aloqa vositasi uchun iste'molchiga kafolat taloni taqdim etilmaganligiga oydinlik kiritildi hamda sotuvchiga amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirilib, nosoz mahsulotni sotib olish uchun toʻlangan 2 million 400 ming soʻm pul mablagʻi iste'molchiga qaytarilishi ta'minlandi.