Qamashi tumanida yashovchi fuqaro S.Q. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, ichimlik suvi toʻlovlaridan asossiz qarzdorlik hisoblanayotganligini ma'lum qilgan.
Mazkur murojaat tuman aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlovchi “Qamay-Qorasuv EKOS” MChJ mas'ullari bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan “Iste'molchilarga suv ta'minoti va suv chiqarish xizmatlari koʻrsatish qoidalari” talablariga muvofiq oʻrganilib, iste'molchining xonadoniga hisoblagich koʻrsatgichlaridan ortiqcha suv sarfi hisoblanishi oqibatida toʻlovlardan 1 million 500 ming soʻm qarzdorlik yuzaga kelganligiga oydinlik kiritildi.
Murojaatni oʻrganish jarayonida asossiz hisoblangan qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinishi ta'minlandi.