Mirishkorda iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik targʻibotiga qaratilgan “Iqtidorli iste'molchi-kelajak tayanchi” mavzusidagi koʻrik-tanlovning yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash Jamoat fondining moliyaviy koʻmagida tashkil etilgan koʻrik-tanlovda umumta'lim maktablaridan saralab olingan 43 nafar 10-11-sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi va tanlovning shartlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.
Yakuniy natijalarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni va sohaga doir qonunosti huquqiy-me'yoriy hujjatlari boʻyicha oʻz bilimlarini namoyish etgan Mirishkor tumanidagi 37-maktabning 10-sinf oʻquvchisi Mirzohid Mamaniyozov 1-oʻrinni, 20-maktabning 10-sinf oʻquvchisi Elnora Aminova 2-oʻrinni, 26-maktabning 11-sinf oʻquvchisi Navroʻzbek Allaberdiev 3-oʻrinni egallashdi.
Shuningdek, 38-maktabning 10-sinf oʻquvchisi Namuna Xonalieva, 1-maktabning 11-sinf oʻquvchisi Behruz Adashevlar koʻrik-tanlovning “Eng zukko iste'molchi” nominasiyasi gʻolibi deb topildilar.
Tanlov gʻoliblariga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.