Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov boshchiligida Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi ijro etuvchi apparati hamda tuman(shahar) jamiyatlari raislari va mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyatda iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama etildi. Xususan, iste'molchilar manfaatlarini himoya qilishning ta'sirchan mexanizmlarini joriy etish, bu borada o'tkazilayotgan jamoatchilik nazorati tadbirlarining natijadorligini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yangi bosqichga ko'tarish, shuningdek aholining iste'mol madaniyatini yuksaltirish maqsadida olib borilayotgan targ'ibot ishlarini yanada faollashtirish bo'yicha fikr va mulohazalar bildirildi.
Tizimda yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklar ko'rsatib o'tilib, viloyatda iste'molchilik harakatini yanada rivojlantirish bo'yicha kelgusida qilinishi lozim bulgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.