• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-07-16

Koʻp hollarda sotuvchilarning tarozidan urish holatlariga duch kelgansiz. Aslida savdodagi oʻlchash vositalariga qanday talablar qoʻyilgan?

Savolga Qarshi tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Baxtiyor Begaliyev javob berdi.

 

 

Sotuvchi qoʻllashga ruxsat berilgan oʻlchash vositalariga ega boʻlishi va ularni soz holatda saqlashi, ularning metrologiya tekshiruvini oʻz vaqtida va belgilangan tartibda oʻtkazishi shart. Barcha oʻlchash vositalari davlat metrologiya xizmatining metrologiya tekshiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi sertifikatga (yoki guvohnomaga) ega boʻlishi kerak. Nosoz va qoʻllashga ruxsat berilmagan oʻlchash vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Tarozilar va boshqa oʻlchash vositalari sotuvchi-xodimlarning ish joylarida xaridorlar tovarni tortish va berishning butun jarayonini koʻradigan qilib oʻrnatilishi kerak. Savdo zallarida xaridorlarga qulay joyda nazorat tarozilari va boshqa oʻlchash vositalari oʻrnatilgan boʻlishi shart. 3 va undan koʻp ish oʻrinli oziq-ovqat doʻkonlarining savdo zallarida nazorat tarozilari oʻrnatilishi kerak. Maydoni 1500 kv.m va undan ortiq boʻlgan savdo zallarida nazorat tarozilari ikki joyda oʻrnatiladi.