• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-05-23

Qashqadaryoda 628 million soʼm mablagʼ isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi

Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi va tuman (shahar) jamiyatlariga 2024-yilning oʻtgan birinchi choragi mobaynida  isteʼmolchilardan jami 331 ta murojaat kelib tushdi. 
Murojaatlarning 109 tasi savdo, 41 tasi gaz taʼminoti, 49 tasi elektr taʼminoti, 32 tasi ichimlik suvi taʼminoti, 28 tasi kommunal soha, 4 tasi sogʼliqni saqlash, 3 tasi transport, 4 tasi aloqa va internet, 14 tasi xizmat koʼrsatish va 47 tasi boshqa sohalarga oid boʼlib, mazkur ariza va shikoyatlar oʼz vaqtida oʼrganilgan va isteʼmolchilar foydasiga jami 628 558 567   soʼm yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berilgan.
Eng e'tiborlisi, oʼtgan davrda 8 ta holatda isteʼmolchilarning manfaatlarini koʼzlab sudlarga daʼvo arizalari kiritilgan va isteʼmolchilar manfaatlariga yetkazilgan 283 271 587   soʼm moddiy va maʼnaviy zararlar undirib berilishi taʼminlangan.