• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-04-09

BANKOMAT BO'YICHA YANA BIR MUAMMO BARTARAF ETILDI

Yakkabogʻ tumanida yashovchi fuqaro M.A. Xalq banki tuman filialiga qarashli bankomatdan oʻziga tegishli plastik kartadan 1 million 300 ming soʻm naqd pul echadi. Biroq, bankomat plastik kartadan pul mablagʻini echadiyu, naqd pulni chiqarib bermaydi. Fuqaroning murojaati bank xodimlari tomonidan joyida hal etilmaydi, masala paysalga solinib, uning echimi ortga suriladi.

Mazkur holat yuzasidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganish olib borildi. Aniqlanishicha, ushbu holat bankomatda naqd pul mablagʻi tugab qolganligi sababli yuzaga kelgan. Oʻrganish natijasida, fuqaroga bankdan 1 million 300 ming soʻm naqd pul olib berilishi ta'minlandi.