• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2025-01-31

"Umid avto xizmat” MChJdan iste'molchi foydasiga 52 million so'm undirildi

Mirishkor tumani Jeynov qishlog'ida yashovchi fuqaro N.H. Toshkent shahrida joylashgan “Umid avto xizmat” MChJ bilan Damas rusumli avtomashinani lizing asosida 36 oy muddatda bo'lib to'lash sharti bilan sotib olish to'g'risida shartnoma rasmiylashtirgan. Avtomashinaning boshlang'ich bo'nak to'lovi sifatida 49 million 982 ming so'm to'lovni amalga oshirgan. Biroq,  MChJ mas'ullari tomonidan transport vositasi shartnomada belgilangan muddatda yetkazib berilmagan. 
Iste'molchining bu haqda bir qator mas'ul idoralarga qilgan murojaatlari ijobiy yechim topmagach, u O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Qarshi shahar jamiyatiga murojaat etgan.
Murojaat o'rganilganda, iste'molchi va sotuvchi tashkilot o'rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga ko'ra avtomashina 120 ish kunida yetkazib berilishi lozim bo'lsada, bu talab bajarilmagani oydinlashdi va fuqaroga yetkazilgan zararni undirish to'g'risida fuqarolik ishlari bo'yicha sudga da'vo arizasi kiritildi. Sud tomonidan iste'molchi foydasiga 49 million 982 ming so'm asosiy qarzdorlik hamda  2 million 99 ming so'm mahsulotni yetkazib berish kechtiktirilgan har bir kun uchun penyani undirish to'g'risida hal qiluv qarori chiqarildi.
Bugungi kunda ushbu pul mablag'lari iste'molchiga to'liq qaytarilishi ta'minlandi.